Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktabrdan Toshkent viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yangi tariflar belgilanishi mumkin
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent viloyati hokimligining “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda aytilishicha, Toshkent viloyat “Toza hudud” Davlat unitar korxonasi tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari uchun amaldagi tariflarni qayta ko‘rib chiqqan holda yangi tariflarni belgilash bo‘yicha viloyat hokimligiga murojaat xati taqdim etilgan.
2018 yil 1 oktabrdan Toshkent viloyatida “Toza hudud” Davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatadigan hududlarda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha quyidagi yagona yangi tariflar belgilanishi mumkin:
Aholiga bir kishi uchun bir oyga - 2500 so‘m;
Yuridik tashkilotlarga 1 m3 uchun – 41100 so‘m, (QQS bilan 49320 so‘m),
Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish aholi uchun 1 tn uchun 50000 so‘m, yuridik tashkilotlari uchun 65000 so‘m etib belgilanadi.
Toshkent viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari hamda viloyat “Toza hudud” Davlat unitar korxonasi o‘rnatilgan tartibda joriy yilning 20 sentabriga qadar qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari uchun tasdiqlangan yagona yangi tariflar bo‘yicha iste'molchilarni xabardor qiladilar.
Ko‘chmas mulkdan foydalanilganda qattiq maishiy chiqindilar paydo bo‘lishiga olib keluvchi va ushbu ko‘chmas mulk ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlarining xizmat ko‘rsatish doirasida joylashgan bo‘lsa, ushbu mulk egasi (yuridik va jismoniy shaxslar) ular bilan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma tuzilishi shart.
“Toza hudud” Davlat unitar korxonasi (R.Batirkulov) Toshkent viloyati “Mahalla” xayriya jamg‘armasi (X.Xamidov) bilan hamkorlikda joylarda yangi tariflar, chiqindilarni tashlash tartibi, sun'iy chiqindixonalarni yuzaga kelish holatlarini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan seminarlar o‘tkazish grafiklarini tuzib, viloyat hokimligiga axborot berib borishi belgilanadi.
Mavzuga oid
14:31 / 12.02.2026
Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
15:30 / 03.02.2026