AQSh senatorlari Tramp va Putinning yopiq uchrashuvidan materiallarni talab qilishdi
AQSh kongressining tashqi ishlar qo‘mitasi a'zolari bo‘lgan demokrat-senatorlar AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeoga maktub bilan murojaat qilib, AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning 16 iyuldagi uchrashuvi haqidagi batafsil materiallarni taqdim qilishni so‘rashgan. Ikki yetakchi o‘rtasida Xelsinkida o‘tgan uchrashuv faqatgina tarjimonlar ishtirokida 2 soatdan ko‘proq davom etgan.
Murojaat mualliflari Pompeodan bu uchrashuvga tegishli barcha hujjatlarni, jumladan maxfiylashtirilgan va maxfiylashtirilmagan yozuvlar, tarjimon izohlari, bu uchrashuv bilan bog‘liq muzokaralar va direktivalar haqidagi memorandumlarning taqdim qilinishini so‘rashgan. Senatorlarning fikricha, Rossiya yopiq eshiklar ortida o‘tgan ushbu uchrashuv haqida yolg‘on ma'lumotlar tarqatishi mumkin.
Maktubda “vaziyat zudlik bilan Trampning bu uchrashuvda bergan va'dalari borasida va ushbu uchrashuv bilan bog‘liq Rossiya tomonidan istalgan yolg‘on ma'lumotni anglash va unga qarshi kurashish uchun senat nazoratini talab qilishi” ko‘rsatilgan.
Ma'lum qilinishicha, Tramp AQSh kongressida demokratlar va respublikachilar yetakchilari tomonidan tanqidga uchragan. Demokratlar hattoki uchrashuvda ishtirok etgan tarjimonni senatga so‘roq qilish uchun chaqirishni talab qilishgan. Biroq respublikachilar bu fikrni rad etishgan.
Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi qismi ikki yetakchi va ularning tarjimonlari ishtirokidagina o‘tgan. Unda prezidentlar Ukraina, Suriyadagi vaziyatlarni va Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qilishgan. Suhbat mazmuni oshkor qilinmagan.
Mavzuga oid
20:43
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024