Maktab öqituvçilarining dars va tögarak maşğulotlarini taşkil etiş hamda sinf jurnalini yuritişdan taşqari boşqa pedagogik yuklamalar böyiça hisobotlar va qöşimça ma'lumotlarni talab qiliş qat'iyan taqiqlanadi. 20 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov tomonidan imzolangan "Umumiy örta ta'lim pedagogik mutaxassisliklari böyiça namunaviy yillik iş rejasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş töğrisida"gi qarorda şu haqida ma'lum qilindi.

Hujjatga köra, pedagog xodimlar uçun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik iş yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oşiriladi.

Umumiy örta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari uçun bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi quyidagiça belgilanadi:

  • 1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
  • 5-11-sinflarda haftasiga 20 soat.

Iş reja ikki yönalişdagi tadbirlar majmuasidan iborat tarzda şakllantiriladi:

  • öquv-tarbiya jarayoniga oid;
  • öquv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayonga oid.

Öquv-tarbiya jarayoniga oid yillik iş reja umumiy örta ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga köra pedagogik xodimlarga tarifikatsiya böyiça ajratilgan dars soatlari asosida şakllantiriladi.

Yillik iş reja asosida pedagogik xodim tomonidan öquv yili oldidan taqvim-mavzuiy reja tuziladi. Dars maşğulotlari mazkur rejaga asosan olib boriladi.

Öquv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik iş rejada belgilangan tadbirlarning amalga oşirilişi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oşirişning vaqt böyiça hisobi yuritilmaydi.

Maktab öqituvçilarining dars va tögarak maşğulotlarini taşkil etiş hamda sinf jurnalini yuritişdan taşqari boşqa pedagogik yuklamalar böyiça hisobotlar va qöşimça ma'lumotlarni talab qiliş qat'iyan taqiqlanadi.

Umumiy örta ta'lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi: