Markaziy va Janubiy Amerika şokolad vatani hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida yevropaliklar bu içimlikning mavjudligi haqida bilişmagan. Ha-ha, içimlikning: mayya hindulari kakao donlarini suv bilan aralaştirib, hosil bölgan kokteylni içişgan. Bu içimlik aççiq va sovuq bölib, zamonaviy suyuq, issiq şokoladga umuman öxşamasdi.

Şokoladni tatib körgan ilk yevropalik Amerikaga 1519 yilda taşrif buyurgan Ernan Kortes böldi. Natijada şokolad retseptini Qadimiy dunyoga olib ketdi. Özgaça ta'mdagi içimlik töğrisidagi gap-sözlar butun qit'a böylab tez tarqaldi. Biroq yetkazişdagi qiyinçiliklar tufayli (tasavvur qiling, yelkanli kemalarda Amerikadan Yevropaga kakao donlarini olib boriş qanday mehnatni talab qilgan) faqat yuqori qatlam vakillarigina uni iste'mol qiliş imkoniyatiga ega edilar.

1687 yilda ingliz Gans Sloan Yamayka qirğoqlariga bordi. Uning asosiy kasbi davolaş edi, biroq bundan taşqari, yangi ösimlik, hayvon turlari va mahalliy aholi madaniyatini örganiş bilan ham şuğullanardi. Tabiiyki, orolda qahva donlarini tatib kördi va hindularning an'anaviy içimligi bilan tanişdi. Biroq köpçilik yevropaliklarning fikriga qarşi ölaroq, Gans suyuq şokoladni bemaza va köngil aynitadigan deb topdi. Ta'mni yaxşilaş uçun maydalangan kakao donlarini sut bilan aralaştirdi. Bundan taşqari, u iste'mol qilişdan avval içimlikni isitardi, bu esa ta'm xususiyatlarini yaxşilardi. Sutli şokolad, aniqroği şokoladli sut retseptini Gans Sloan özi bilan Angliyaga olib keldi. U yerda içimlikni darhol yoqtirib qolişdi.

1872 yilda gollandiyalik Konrad vann Guten hozirgi kunga qadar sevib yeyiladigan qattiq şokoladni tayyorlaş usulini kaşf qilguniga qadar sutli şokolad suyuq holda iste'mol qilindi.