AQŞ kongressi vakillar palatasining energetika va savdo böyiça qömitasi körsatmalar beriş uçun Twitter kompaniyasi rahbari Jyek Dorsini çaqirtirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, qömita Dorsini ijtimoiy tarmoq işidagi algoritmlarni borasida söroq qilişni rejalaştirmoqda.
Ta'kidlanişiça, qömita Twitter ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan ma'lumotni qanday kuzatib borişi va nazorat qilişini bilmoqçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Google Eron bilan boğliq önlab akkauntlarni öçirib taşlagandi.












