Argentinaning sobiq prezidentlari Kristina Fernandes de Kirşner va Nestor Kirşner jinoiy taşkilotga boşçilik qilib, 2008 yildan 2015 yilgaça noqonuniy yöl bilan pul mablağlari olişgan. Bu haqda sudya Klaudio Bonadioning bayonotida aytilgan.
Bonadio bayonotida ma'lum qilişiça, davlat xizmatçilaridan taşkil topgan jinoiy taşkilot mavjudligini isbotlovçi yozuvlar, suratlar va videoyozuvlar yiğilgan. Uşbu jinoiy taşkilot davlat mablağlaridan foydalanib va mamlakat rahbarlari (Nestor Karlos Kirşner va Kristina Elizabet Fernandes) va federal rejalaştiriş, investitsiyalar va xizmatlar vazirligi (vazir Xulio Migelya de Vido) körsatmalari asosida körsatilgan yillar davomida turli şaxslardan noqonuniy tarzda pul mablağlari olib kelgan.
Sudyaning ta'kidlaşiça, uşbu pullar pirovard natijada jinoiy sxemaning haqiqiy foyda köruvçilari – Nestor Karlos Kirşner, Kristina Elizabet Fernandes va Xulio Migelya de Vido çöntaklariga borib tuşgan.
Avvalroq sudya aksilkorruptsion tergov doirasida Kristina de Kirşnerning uçta uyida tintuv ötkazişga ruxsat oliş uçun parlamentga murojaat qilgan. Senat sobiq prezidentning uylarida tintuv ötkazişga bir ovozdan rozilik bergan va politsiya xodimlari 23 avgustdan uning Buenos-Ayresdagi kvartirasida tintuv ötkazişni boşlaşgan.
Sobiq prezidentlarga qarşi korrupsiya böyiça tergov OAVda argentinalik tadbirkorlardan birining haydovçisi kundaligi çop etilgandan keyin boşlandi. Kundalikdagi yozuvlardan tadbirkorlar jamoat işlari vazirligidagi mansabdor şaxslarga millionlab poralar bergani ma'lum bölgan.
May oyida Kristina de Kirşner Hotesur mehmonxona firmasi orqali pul yuviş gumoni bilan sud oldida javob bergandi. Şuningdek, Kirşner va uning ma'muriyatidagi boşqa mansabdor şaxslar 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiy madaniyat markazidagi portlaş işi böyiça sud oldida javob beradi.

















