O‘zbekiston karate jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Barno Mirzayeva Osiyo o‘yinlarida bronza medali sovrindoriga aylandi.
U nimchorak va chorak finallardan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda yutqazgandi.
Mirzayeva bronza medal uchun kechgan bahsda tailandlik Arm Sukkiavni mag‘lub etdi va O‘zbekiston hisobiga 10-bronza medalni keltirdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 26taga yetdi - 5 oltin, 11 kumush va 10 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.
















