Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 26 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 18 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Yengil atletika.

  • Ye.Smolyanova. Yadro uloqtirish. 16:30
  • N.Sharipova. 100 m.ga yugurish. Yarimfinal. 16:30. Final. 19:10
  • S.Xodjayev. Bosqon uloqtirish. Final. 18:35

Golf. 04:00 – 16:00

  • K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy final bosqichi

Karate. WKF  

  • S.Saymatov. 60 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 10:00, 10:00 – 11:00
  • I.Uzoqov. 67 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 13:30, 15:00 – 16:00
  • B.Mirzayeva. 61 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 15:00, 19:00 – 20:00

Jiu-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00

  • M.Sharipov, U.Otamurodov. 77 kg. Saralashdan – finalgacha

Boks

  • J.Latipov. 52 kg. Nimchorak final. 11:00
  • Sh.Abdurasulov. 60 kg. Nimchorak final. 12:30
  • B.Baturov. 69 kg. Nimchorak final. 18:45

Penchak silat

  • Abdumalik Salimov. 65 kg. Yarimfinal. 08:00

Og‘ir atletika

  • Omadoy Otaqo‘ziyeva. 75 kg. Final. 12:00
  • Ruslan Nuriddinov. 105 kg. Final. 15:00

25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi kungi musobaqalarda tennischimiz Denis Istomin finalda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqib, taybrekda g‘alaba qozondi — 2:6, 6:2, 7:6.

U O‘zbekiston tennis jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida medal olgan yagona sportchi bo‘ldi.