“Formula-1”ning Ferrari jamoasi a'zosi nemis Sebastyan Fettel avtopoyganing Belgiya Gran-prisi ğolibi böldi. 

Marraga ikkinçi bölib britaniyalik Lyuis Xemilton (Mercedes), uçinçi bölib gollandiyalik Maks Ferstappen (Red Bull) yetib keldi.

Umumiy hisobda poygada Xemilton 231 oçko bilan yetakçilik qilmoqda. 2-örinni Fettel (214 oçko), 3-örinni fin Kimi Raykkonen (146) egallamoqda.

Konstruktorlar kubogida 375 oçko bilan Mercedes jamoasi peşqadamlik qilmoqda. 2-örinda Ferrari (360) bormoqda.

Poyganing keyingi bosqiçi 31 avgust-2 sentabr kunlari Italiyada bölib ötadi.