Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jamğarma, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi hukumat qarori loyihasini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
madaniyat va san'at muassasalarida blokçeyn texnologiyasidan foydalangan holda Çipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi örinlarda – ÇOYaET) joriy etiş va uning işlaş tartibini belgilaş;
ÇOYaETga ulangan respublika madaniyat va san'at muassasalari tomonidan çiptalarni sotiş, hisobga oliş va tasdiqlaş avtomatik tizimlaridan majburiy foydalaniş;
elektron çiptalarni çipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron çiptalarni, şu jumladan çipta tarqatuvçi yuridik şaxslar tomonidan vositaçilik şartnomalari asosida erkin muomalaga çiqariş va realizatsiya qiliş uçun huquqiy asoslar yaratiş;
elektron çiptalar rekvizitlariga, şuningdek, madaniyat va san'at muassasalarining elektron çiptalarni muomalaga çiqariş, hisobga oliş va tasdiqlaş uçun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etiş;
ÇOYaET doirasida çiptalarni realizatsiya qiliş böyiça operatsiyalarni himoya qilişga, çiptalarni keyinçalik balandroq narxda qayta sotiş uçun yoppasiga sotib olinişiga yöl qöymaslikka doir çoralarga eng kam talablarni joriy etiş;
ÇOYaET doirasida çiptalarni sotişdan tuşgan tuşumdan ÇOYaETni saqlaş, şuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yöl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalaştiriş uçun Jamğarmaga yuboriladigan yiğim joriy etiş.













