Iyulda Zimbabveda ötgan prezident saylovlarida ğolib bölgan Emmerson Mnangagva mamlakatning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. Bu haqda mahalliy Mail naşri ma'lum qildi. 

Prezident inauguratsiyasi 26 avgustda poytaxt Xararedagi boş stadionda ötdi. Unda Afrika davlatlari yetakçilari, jumladan JAR prezidenti Siril Ramafosa, Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Jozef Kabila, Zambiya prezidenti Edgar Lungu, Lesoto boş vaziri Pakalita Mosisili va Afrika ittifoqi raisi, Ruanda prezidenti Pol Kagame mehmonlar sifatida iştirok etişdi. 

Mnangagva yiğilganlar oldida davlat rahbari qasamyodini keltirdi va “Zimbabvega sodiq böliş, mamlakatning konstitutsiyasi va boşqa qonunlariga amal qiliş hamda xalq manfaatlarini himoya qilişga” va'da bergan. 

2017 yil noyabr oxirida Zimbabve prezidenti lavozimidan 30 yillik boşqaruvdan keyin harbiylar bosimi ostida 93 yoşli Robert Mugabe iste'foga ketdi. U mamlakatni 1987 yil 31 dekabrdan 2017 yil 21 noyabrgaça boşqargan. Uning örnini saylovlar ötkazilgungaça Mnangagva egallagan.