Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika hisobotlarini topshirish muddati o‘zgartirildi
Foto: iStock
Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari o‘zgartirilganligi haqida ma'lum qildi.
Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni munosabati bilan davlat statistika hisobotlari shakllarini:
- 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot», 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot», 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot», 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot»larni – 5 sentabrdan kechiktirmay;
- 2-narx (oylik) «Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot»ini – 7 sentabrdan kechiktirmay taqdim etishga o‘zgartirildi.
Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kecha-yu kunduz ishlaganligi uchun hisobotlarni muddatidan avval yuborish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:22 / 07.02.2026
Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida sertifikat berilmaydi - Statistika qo‘mitasi
16:05 / 06.02.2026
Statistika: 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati bo‘yicha yangi hisob-kitoblar
18:35 / 31.01.2026
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha eng yuqori va past ko‘rsatkichli hududlar ma’lum qilindi
22:16 / 07.12.2025