Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 27 avgust kuni O‘zbekiston tumanida yashovchi A.E. tegishli hujjatlarsiz “Neksiya” rusumli avtomashinani Qarmoq qishlog‘i hududida haydab ketayotib piyodalar, E.X. va D.M.ni urib yuborgan.
Natijada E.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan, D.M. esa kasalxonaga yotqizilgan.
















