27 avgust kuni Özbekiston prezidenti Ş.Mirziyoyev rahbarligida yiğiliş ötkazilgani, uning yakunlariga köra Prezident devoni Prezident administratsiyasi etib qayta taşkil etilgani, şu vaqtgaça prezident ijroiya apparati rahbari — maslahatçi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Zaynilobiddin Şahobiddinoviç Nizomiddinov administratsiya rahbari etib tayinlangani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Kun.uz’ga ma'lum qilinişiça, Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning örinbosarlari ham tasdiqlangan. Bu vazifaga — Aziz Mağrupov, Alişer Payğamov va Komil Allamjanov tayinlangan.

Eslatib ötamiz, endi davlat maslahatçisi instituti tugatilgan, davlat maslahatçilari prezident maslahatçilariga aylangan. Prezidentning yoşlar siyosati masalalari böyiça sobiq davlat maslahatçisi Qahramon Quronboyev hamda madaniyat, matbuot va ijodiy taşkilotlar masalalari böyiça sobiq davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov boşqa işga ötkazilgan.

Boşqa sobiq davlat maslahatçilari Rustam Qosimov, Rustam Inoyatov, Viktor Mahmudov hamda Tursinxon Xudeybergenov öz lavozimlariga qayta tayinlangan. Prezident devonining sobiq rahbari Zelimxon Haydarovning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.