Jurnalist va şoir Salim Aşur Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantiriş şö'basi mudiri etib tayinlandi. Bu ma'lumotni «Kun.uz» manbasi tasdiqladi.
Uşbu şö'ba Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmati tarkibidagi sektor hisoblanadi.
Bundan taşqari, Bahodir Maxsutoviç Yunusov şö'baga boş konsultant bölgan, Elbek Uluğbekoviç Dolimov esa şö'baning yetakçi konsultanti lavozimiga tayinlangan.
Ma'lumot uçun, Salimboy Aşurov oxirgi vaqtlarda prezident apparatida işlagan, Bahodir Yunusov Boş prokuratura multimedia markazida, Elbek Dolimov esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot kotibi lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, 27 avgust kuni Özbekiston prezidenti devoni prezident adminstratsiyasi sifatida qayta taşkil etilgan va unga Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbar etib tayinlangandi.
Köp yillar davomida prezident devonida Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari böyiça sobiq davlat maslahatçisi bölib kelgan Xayriddin Sultonov davlat rahbari spiçrayteri (nutqlarini yozib beruvçi — tahr.) lavozimiga ötkazilgandi.
OAV böyiça xizmatni esa vaqtinçalik prezidentning Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça davlat maslahatçisi Abdujabbor Abduvohitov boşqarib turişi ma'lum qilingandi.
Sentabr oyi oxirida Farhod Mahmudov uşbu xizmat rahbariga örinbosar etib tayinlandi.
Hozirda Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmati rahbari lavozimi böş qolmoqda.











