Adliya vazirligi va organlari xodimlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mas'ul lavozimlariga tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati ma'lumot berişiça, Jizzax viloyat adliya boşqarmasining boşliği Behzod Rahmatilloyeviç Boliyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Aholining ijtimoiy qatlamlari bilan işlaş şö'basi mudiri lavozimiga tayinlangan.

1980 yil 1 noyabrda Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida tuğilgan Behzod Boliyev 2001 yil, Toşkent davlat yuridik institutini, (bakalavr bosqiçini), 2007 yil, Toşkent davlat yuridik institutini (magistratura) 2009 yil, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi tamomlagan. U 2018 yil 8 fevral kunidan Jizzax viloyat adliya boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.

Foto: Behzod Boliyev

Şuningdek, Adliya vazirligining Nodavlat notijorat taşkilotlar boşqarmasining boş maslahatçisi Eldor Alişeroviç Hasanboyev prezident administratsiyasi Nodavlat notijorat taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş şö'basi yetakçi konsultanti lavozimiga, Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan ötkaziş boşqarmasining boş maslahatçisi Bobur Bahodiroviç Karimov prezident administratsiyasi Davlat hokimiyati respublika organlari bilan işlaş şö'basi yetakçi inspektori lavozimlariga tayinlangan.

27 avgust kuni Özbekiston prezidenti devoni prezident adminstratsiyasi sifatida qayta taşkil etilgan va unga Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbar etib tayinlangandi.