Bugungi kunda maktabgaça ta'lim tizimida qator islohotlar ötkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yölida xizmat qilişiga, şuningdek maktabgaça ta'lim sifatini yaxşilaşga  qaratilgan. Tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday yangiliklar kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutiş mumkin? Maktabgaça ta'lim vazirligi (MTV) tizimida özgarişlar talaygina. Ularga imkon qadar batafsil töxtalib ötamiz.

Maktabgaça ta'lim tizimida qanday yangiliklar?

2018 yilning sentabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi maktabgaça ta'lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barça maktabgaça ta'lim muassasalari yangi dastur bilan taniştirilgan. Davlat va dastur talablarini özida jamlagan hujjatlar paketi barça mintaqalardagi MTMlarga yetkazilgan. Bundan taşqari, Özbekistonda birinçi marta hammaga mavzuiy rejalaştiriş dasturlari tarqatilgan.

"Ilk qadam" deya nomlangan yangi dasturning asosiy tamoyili - ta'lim jarayoniga qöşilayotgan kiçik yoşli bolalarning ilk qadamlari.

"Umuman olganda, davlat talablarida kiçik va maktab yoşigaça bölgan bolalarni beş yönalişda rivojlantiriş kerakligi körsatilgan. Bu beş yönalişni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega böladi, ya'ni u 1-sinfga çiqişga motivatsiya oladi", - deydi Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin.

Yangi dasturda barça narsaning asosi ijtimoiy yondaşuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning özi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni taşkil qiladi.

Dastur asosida bilim oliş jarayonini öyinlar orqali rivojlantiriş yotadi. Bolalarda ilm oliş, ijod, ijtimoiy yönaliş kabi tuşunçalar rivojlanadi, soğlom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda özlarini qanday tutiş kerakligini tuşuna boşlaşadi.

Guruhlardagi bolalar soni

Şu yildan boşlab Özbekistonda bir guruhda 25 nafargaça bola bölişi me'yoriy körsatkiç sifatida belgilandi, ayniqsa sinov tariqasida faoliyat yuritayotgan maktabgaça ta'lim muassasalarida. Ilgari esa bir guruhdagi bolalar soni 30 dan ziyod, ba'zidan esa 40 tagaça yetar edi, bu esa bolalarning sifatli maktabgaça ta'limga ega bölişida muayyan muammolarni keltirib çiqarardi.