Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Pentagonning Suriya bo‘yicha yangi rejalarini ma'lum qildi
Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi harbiy assambleyaning sobiq qo‘mondoni Fayz Al-Asmarning ma'lum qilishicha, Pentagon Suriya shimolida havo mudofaasi tizimi joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yeni Safak yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika tomoni Tal Baydor, Kobani va Sarri tumanlarida 13ta razvedka tizimi hamda uchta modifikatsiyalangan radiolokatsion tizimni o‘rnatib bo‘lgan.
«AQShning keyingi qadamiga mintaqada raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish aylanadi», - deya aytib o‘tdi Al-Asmar.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday tizim Suriya hududida «betartiblikni yaratish» bo‘yicha AQSh rejasining bir qismi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya AQSh zarbasiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
20:10
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
08:51
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:21
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
08:15