Indoneziyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida özbek milliy kuraşi böyiça bahslar davom etmoqda.
Özbekiston kuraşçilar jamoasining bugungi bahslardagi 4 nafar vakilidan 3 nafari çorak finalda iştirok etib, yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.
-63kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova çorak finalda Xitoy Taypey vakili Li Vantinni 5:0 hisobida mağlub etdi.
Şu vazn toifasidagi Dildor Şermetova ham çorak finalda Xitoy Taypey vakiliga qarşi gilamga çiqib, 5:0 hisobidagi ğalabaga erişdi.
Endi Dildor Rözmetova yarim finalda indoneziyalik Şifa Hasaniy Najmu bilan, Muxlisa Abdumalikova esa möğulistonlik Bayarbat Basanjargal bilan bellaşadi.
-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Şomurodov esa çorak finalda tojikistonlik Akmal Murodovni mağlubiyat etib, yarim finalga ötdi. U final yöllanmasi uçun eronlik Ilyos Ali Akbariga qarşi gilamga çiqadi.
Şu tariqa, özbekistonlik uç kuraşçi Osiyo öyinlarida yana 3 medalni naqd qildi.

















