Rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning murabbiysi Xaver Mendes öz şogirdining raqibi irlandiyalik Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
Murabbiyning ma'lum qilişiça, Mutlaq jangçilar çempionati sobiq çempioni qadning rostlangan vaziyatidagi jang böyiça eng kuçlisidir.
«Men uçun Makgregor - butun UFC’da qadning rostlangan vaziyatidagi jang böyiça eng yaxşi jangçi. Bu mening fikrim. Bizda u bilan şu uslubda jang qilişga tayyorgarlik köriş uçun heç qanday vaqt yöq. Men: «Ha, biz uni yer bilan bitta qilib taşlaymiz», deb aytmayman. Odamlar, uyğoning. Bu iş bermaydi. Men bizda Konor bilan jang qadning rostlangan vaziyatida uslubda keçişini istamayman, u bunda juda kuçli», - deya Mendesning sözlarini keltiradi Eurobash.
Nurmagomedov - Makgregor jangi UFC 229 musobaqasida 6 oktabr kuni Las-Vegasda ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meyvezer Makgregor - Nurmagomedov jangi qanday yakunlanişi haqida gapirgandi.












