Indoneziyada ötayotgan yozgi Osiyo öyinlarining 28 avgust kuni bölib ötgan bahslari Özbekiston delegatsiyasi uçun omadli keldi. Osiyo öyinlari tarixida ilk bor milliy kuraş böyiça bahslar ötkazildi va unda özbekistonlik polvonlar 6ta medal qölga kiritişdi.

Jumladan, ayollar örtasida -52 kg vazn toifasida turnirga kelgan Gulnora Sulaymonova finalda hindistonlik Pinski Balharani 10:0 hisobida yengdi va oltin medalga ega çiqdi. Erkaklar örtasidagi bahsda -66 kg vazn toifasida Ma'ruf Ğaybulloyev hamda +90 kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov ham oltin medal sohibiga aylanişdi. Şuningdek, -66 kg vazn toifasida Ruslan Böriyev kumuş medal oldi. +90 kg vazn toifasida yarim finalda eronlik raqibiga yutqazgan Nurbek Törayev hamda -52 vazn toifasida yarim finalda hindistonlik Pinski Balharaga mağlub bölgan Oysuluv Abdumajidova esa bronza medallar bilan kifoyalanişdi.

Ayni paytda Indoneziyada bölib turgan KUN.UZ jamoasi medal sohiblarini suhbatga tortdi.

«Musobaqada iştirok etgan raqiblarim kuçli tayyorgarlik körişgani bahslar davomida ma'lum böldi. Eng kuçli polvonlar mongoliyalik sportçilar ekan, desam yanglişmagan bölaman. Kuraş vatani Özbekiston bölgani uçun oltin medallar bizga nasib etdi. Çempion böliş har bir sportçining orzusi va öylaymanki, men orzuimga erişdim. Aytib ötişim lozimki, bugun milliy kuraşimiz jahon böylab yuqori sura'tlarda rivojlanmoqda. Eron va Hindistondan kelgan sportçilarning milliy kuraş sirlarini puxta egallaşgani bunga yaqqol misol böla oladi», - deydi Gulnora Sulaymonova. 

«Avvalambor, Özbekiston mustaqilligining 27 yillik töyi bilan barça yurtdoşlarimni tabriklayman. Bugungi musobaqa, albatta, oson bölmadi. Orzularimdan biri, Osiyo öyinlarida şohsupaning yuqori örinlariga çiqiş edi. Mana, bugun niyatimga yetib turibman. Şohsupada turgan holatni til bilan ta'riflab berib bölmaydi. Ayniqsa, madhiya yangraganida butun tanangizni özgaça hissiyot qamrab oladi. Milliy kuraşning Osiyo öyinlariga kirişiga sababçi – prezidentimizdir. Şu bois ğalabamni davlatimiz rahbariga bağişlayman», deydi Muhsin Hisomiddinov.