Samarqand şahrida Navröz umumxalq bayrami arafasida milliy kuraş böyiça Samarqand viloyati hokimi sovrini uçun respublika musobaqasi taşkillaştirildi. Bellaşuvlarda yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan 100 nafarga yaqin nomdor kuraşçilar uçta vazn toifasida kuraşişdi.

Musobaqaning 73 kilogrammgaça bölgan kuraşçilar orasida Past Darğom tumanidan Muhriddin Qurbonov ğoliblikni qölga kiritib, televizor va 2 million söm pul mukofoti bilan taqdirlandi.


90 kilogrammgaça bölgan polvonlar bellaşuvida esa qöşrabotlik Muhammadali Şamsiddinov barça raqiblarini yengib, muzlatkiç va 2 million söm pul mukofotiga ega böldi.

Boş sovrin – “Nexia-3” avtomaşinasi uçun 90 kilogrammdan ortiq vazn toifasi finalida Samarqandlik polvonlar Bekzod Karimov va Muhammadkarim Xurramov kuraşga tuşişdi va M.Xurramov raqibi ustidan halol ğalaba qozondi.
— Mazkur ğalaba bir haftadan söng Gurjiston poytaxtida ötadigan gran-pri turniri oldidan menga juda katta kuç bağişlamoqda. Musobaqalarga tayyorlanişimda ustozim Öktam Rahmonovning hissasi katta böldi. Musobaqa taşkilotçilari va muxlislardan minnatdorman, — dedi M.Xurramov.


Muhammadkarimga “Nexia-3” avtomaşinasi kalitini Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov topşirdi.
Musobaqa söngida Samarqandda kuraşni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilişi va Mustaqillik bayrami arafasida yana bir turnir taşkil etilib, unda sovrin uçun uçta avtomobil qöyilişi e'lon qilindi.
















