Özbekiston milliy kuraş sporti jamoasining 6 nafar vakili Osiyo öyinlari yarim finaliga çiqdi.

Özbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Gulnora Sulaymonova iştirokini saralaş bosqiçidan boşladi. U dastlabki raqibi, indoneziyalik Maya Sari Sembiringni osonlik bilan mağlub etdi va nimçorak finalga çiqdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Keyingi bosqiçda uning raqibi qozoğistonlik Akjöl Kayipxan böldi. Sulaymonova bu raqibini ham 10:0 hisobida taslim etdi.

Çorak finalda esa u möğulistonlik Gerelma Erdenetsogtni 10:0 hisobida yengdi va yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Endi u final yöllanmasi uçun hindistonlik Yadhav Malaprabha Yallappaga qarşi gilamga çiqadi.

-52 kg vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova esa bahslarga nimçorak finaldan kirişdi. U dastlab turkmanistonlik Anastasiya Makeyevaga qarşi gilamga çiqib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi. Çorak finalda esa eronlik Tahira Azarpayvand bilan bellaşgan özbekistonlik sportçi qiyin ğalabani qölga kiritib (5:0), yarim finalga çiqdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Endi Abdumajidova final yöllanmasi uçun hindistonlik  Pinski Balhara bilan bellaşadi.

Bungaça -66 kg vazn toifasi vakillari Ma'ruf Ğaybulloyev va Ruslan Böriyev, +90 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Muhsin Hisomiddinov va Nurbek Törayev ham yarim final iştirokçilariga aylandi. Bu esa yarim final bellaşuvlaridan oldin Özbekiston jamoasi 6 medalni naqd qilganini anglatadi.