Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki: O‘zbekiston bilan 1 mlrd dollarlik 8ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanmoqda
Foto: Wikimedia Commons
Jahon banki O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8ta qo‘shimcha loyiha tayyorlamoqda. Bu haqda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kimning O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida aytiladi.
“Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanmoqda”, - deyiladi maktubda.
Qayd etilishicha, bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yo‘llagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 250 mln dollar ajratadi
10:01 / 17.10.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar ajratadi
15:03 / 15.10.2025
Go‘sht narxi rekord darajada oshdi. Sabab nima?
14:39 / 11.10.2025