Yevropa Chempionlar ligasining 2017/18 yillar mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar ma'lum bo‘ldi.
Kecha saralashning pley-off bosqichida so‘nggi uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda «Benfika» PAOKdan ustun keldi, Serbiyaning «Tsrvena Zvezda» jamoasi mehmonda urilgan gol hisobida Avstriyaning «Red Bull» klubini ortda qoldirib, guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Yana bir bahsda Niderlandiyaning PSV jamoasi Belarusning BATE klubini yirik hisobda taslim etdi. Kecha Niderlandiyaning boshqa bir klubi «Ayaks» ham YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, so‘nggi 8 yilda ilk marta Chempionlar ligasida ikki klub Niderlandiya sharafini guruh bosqichidan boshlab himoya qiladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 4-saralash bosqichida mag‘lub bo‘lgan 6 jamoa Yevropa ligasi guruh bosqichida o‘ynaydi.
Bugun Monakoda bo‘lib o‘tadigan qur'a savatchalari ham ma'lum. Unga ko‘ra, ko‘hna qit'aning 32 jamoasi 4 ta savatchaga ajratilgan. Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
1-savat: «Real», «Atletiko», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «PSJ», «Lokomotiv»;
2-savat: «Borussiya» Dortmund, «Portu», «Manchester Yunayted», «Shaxter», «Benfika», «Napoli», «Tottenhem», «Roma»;
3-savat: «Valensiya», «Liverpul», «Ayaks», «Shalke», «Lion», «Monako», TsSKA, PSV;
4-savat: «Tsrvena Zvezda», «Viktoriya» Plzen, «Bryugge», «Galatasaray», «Yang Boyz», «Inter», «Hoffenhaym», AYeK.
UYeFA Chempionlar ligasi saralashi
Pley-off, javob bahslari
29 avgust
PSV Niderlandiya – BATE Belarus 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Bergveyn, 2:0 – 36 de Yong, 3:0 – 62 Losano.
Birinchi o‘yin: 3:2
PAOK Gretsiya – Benfika Portugaliya 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Priyovich, 1:1 – 20 Jardel, 1:2 – 26, penalti Salvio, 1:3 – 39 Pitstsi, 1:4 – 49, penalti Salvio.
















