O‘zbekiston | 15:50 / 30.08.2018
6800
3 daqiqa o‘qiladi

Xususiy klinikalarga deyarli barcha ruhiy holat buzilishlarini davolashga ruxsat berildi

Foto: Fotolia

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati 

1. (F00 - F09) organik, shu jumladan simptomatik ruhiy buzilishlarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

2. (F20-F29) shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

3. (F30 - F39) affektiv buzilishlarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

4. (F40 - F48) stressga bogliq nevrotik va somatoform buzilishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

5. (F50-F59) fiziologik buzilishlar va jismoniy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor sindromlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

6. (F60-F69) yetuklik yoshdagi shaxs va xulq-atvor buzilishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

7. (F70 - F79) aql zaifligida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

8. (F80-F89) psixologik (ruhiy) rivojlanishning buzilishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

9. (F90 - F98) odatda bolalik va o‘smirlik yoshida boshlanadigan emotsional va xulq-atvor buzilishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish.

Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar ro‘yxati ICD-10 xalqaro kasalliklar (O‘zbekiston Respublikasida foydalanish uchun moslashtirilgan) tasnifiga binoan shakllantirilgan.

Ixtisoslashtirilgan malakali psixiatrik tibbiy yordam o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lmagan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari kuzatilgan shaxslarga ularning yozma roziligi asosida (o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar uchun ularning qonuniy vakillari tomonidan berilgan yozma roziligi asosida) ko‘rsatiladi.

Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

Mavzuga oid