Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarida yengil atletikaning balandlikka sakraş bahslarida Özbekiston terma jamoasi biratöla 2ta medal oldi.

Balandlikka sakraş musobaqasida oltin medal uçun kuraş Özbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zolari Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova örtasida keçdi.

Yakunda tajribali Svetlana Radzivil 1,96 metrlik balandlikni zabt etib, 2010 yilda özi örnatgan Osiyo öyinlari rekordini yangilagan holda ketma-ket uçinçi marta Osiyo öyinlari çempioniga aylandi. Nadiya Dusanova 1,94 metrlik natijani qayd etib, özining şaxsiy rekordini yangiladi va kumuş medal bilan taqdirlanadigan böldi. Bu uning ikkinçi marta Osiyo öyinlarida kumuş medal olişidir. U 2010 yilda Guangjoudagi Osiyo öyinlarida Radzivildan keyingi ikkinçi örinni olgandi. 2014 yilgi musobaqalarda u bronza medali bilan kifoyalangan.

Uçinçi örinni 1,84 m natijasida töxtagan qozoğistonlik Nadejda Dubrovskaya egalladi.

Uşbu natijadan keyin Özbekiston hisobidagi medallar soni 45taga yetdi. Ayni vaqtda Özbekiston delegatsiyasi 12ta oltin, 17ta kumuş, 16ta bronza medal jamğargan holda umumjamoa hisobida 7-öringa kötarilib oldi.