Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir Mersedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Toshkentda 29 avgust soat 20:17 atrofida 131-yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi Mersedes-Benz Low Conecto markasidagi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi.
Toshkent shahar IIBB ma'lumotlariga ko‘ra, 12-sonli avtosaroyga qarashli avtobusga Olmazor tumanidagi “Ziyolilar” bekati yonida o‘t ketgan. Voqea joyiga 20:22 da ikkita o‘t o‘chirish raschyoti yetib kelgan. Yong‘in soat 20:26da bartaraf etilgan.
Yong‘in avtobusning motor bo‘limida yuz bergan. Bunga avtobusning yonilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Yong‘in oqibatida hech kimga shikast yetmagan.
Mavzuga oid
16:55
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026