O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan poytaxt Toshkent shahrida bayram tantanalari va xalq sayllari bo‘lib o‘tadi. Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida shaharning ayrim ko‘cha va yo‘llarida transport vositalarining harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.

31 avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi:

Amir Temur ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
Buxoro ko‘chasi – Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
Islom Karimov ko‘chasi — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
Matbuotchilar ko‘chasi – Nuroniylar ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Istiqlol ko‘chasi – Zarafshon ko‘chasidan Istiqbol xiyobonigacha;
Oloy ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha;
Mustaqillik ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Mahtumquli ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Istiqbol ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;

Shuningdek, 1 sentabr kuni Xalqlar do‘stligi saroyi oldidagi maydonda bayram sayllarining o‘tkazilishi munosabati bilan soat 14:00 dan qo‘yidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi:

• Seul ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Bobur ko‘chasining O‘rikzor ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Furqat ko‘chasining Sharshara ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Karimov ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Afrosiyob ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Chilonzor ko‘chasining Muqumiy ko‘chasidan Novza ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
• Novza ko‘chasining Chilonzor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi