O‘zbekiston | 14:58 / 30.08.2018
6518
3 daqiqa o‘qiladi

Viloyatlarda doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan chet el fuqarolari toifalari tasdiqlandi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati

1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2. Qarindoshlar — mazkur Ro‘yxat kuchga kirgunga qadar o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

3. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan bo‘lsa.

4. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

5. Ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tugishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

6. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a'zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur shaxslar lavozimda turadigan davrga.

7. O‘zbekiston Respublikasida hududida tugilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — doimiy yashash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.

Mavzuga oid