Pew Research Center tadqiqot markazi butun dunyo böyiça 1990 yildan 2017 yilgaça aholi migratsiyasini tahlil qildi. Tahlildan ma'lum bölişiça, Markaziy Osiyo aholisi ötgan yillar davomida asosan Rossiya va Ukrainaga köçib ketişgan.
1990 yilda Özbekistonning 20 mln aholisidan 1,43 mln kişi köçib ketgan. 2000 yilda mamlakatni 1,6 mln kişi tark etgan (aholi soni 24 mln). 2010 va 2017 yillarda körsatkiçlar deyarli bir xil bölgan. Özbekistonni 1,99 mln kişi tark etgan. Statistika qömitasining ma'lumotiga köra, Özbekiston aholisi 2018 yil 1 iyul holatiga köra 32 900 100 kişini taşkil etadi. Ötgan yillar davomida özbekistonliklar asosan Rossiya, Ukraina va Belarusga köçib ketişgan.
1990 yilda Qirğizistondan 520 ming kişi köçib ketgan, öşa paytda mamlakatda 4,391 mln kişi yaşagan. 2000 yilda mamlakatni 570 ming kişi tark etgan – aholi soni 4,898 mln kişi. 2010 yilda Qirğizistonda yaşayotgan 5,448 mln kişidan 730 ming nafari köçib ketgan. 2017 yilda emigrantlar soni 760 ming kişini taşkil etgan. Qirğizistonliklar asosan Rossiya, Ukraina va Qozoğistonga köçib ketişgan.
Qozoğistonni 1990 yilda 3 mlnga yaqin kişi tark etgan bölib, aholi soni 16,35 mln kişini taşkil etgan. 2000 yilda 14,88 mln aholining 3,5 mln nafari emigrantga aylangan. 2010 yilda mamlakatni tark etganlar soni 3,81 mln kişini, umumiy aholi soni 16,32 mln kişini taşkil etgan. 2017 yilda Qozoğistonni 4 mln kişi tark etgan. Mamlakat aholisi asosan Rossiya, Ukraina, Özbekistonga köçib ketgan.
Tojikistonda emigrantlar soni deyarli özgarmasdan kelgan. Mamlakatni 1990 yilda 540 ming kişi tark etgan bölib, aholi soni 5,303 mln nafar bölgan. 2000 yilda 500 ming kişi boşqa davlatlarga köçib ketgan (aholi soni 6,216 mln). 2010 va 2017 yillarda 580 ming nafardan kişi emigrantga aylangan. Tojikistonliklar eng köp Rossiya, Afğoniston va Qirğizistonga ketişgan.
Turkmanistonda 1990 yilda 3,668 mln aholidan 260 ming nafari emigrantga aylangan. 2000 yilda 220 ming kişi köçib ketgan bölib, aholi soni 4,501 mln kişini taşkil etgan. 2010 va 2017 yillarda emigrantlar soni 240 ming nafardan iborat bölgan. Turkmanistonliklar asosan Özbekiston, Rossiya va Qozoğistonga köçib ketişgan.
Pew Research Center tadqiqot markazining ta'kidlaşiça, mazkur tahlil BMTning xalqaro migrantlar böyiça ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

















