Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Bobousmon Baturov ham oltin uchun ringga chiqadi
Osiyo o‘yinlarida boks musobaqalarining yarim final janglari davom etmoqda.
O‘zbekistonlik yana bir bokschi final yo‘llanmasini hal qildi. -69 kg vazn toifasida ringga chiqqan 23 yoshli Bobousmon Baturov tailandlik 32 yoshli Saylom Adi bilan kuch sinashdi.
Ushbu bellashuvda O‘zbekiston vakili Rio-de-Janeyro Olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan raqibini 4:1 (29:28, 29:28, 30:27, 30:27, 28:29) hisobida taslim etdi.




Endi uning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov bo‘ladi. U iordaniyalik Eshash Ziyodni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bungacha -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov hamda -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
Kun davomida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi yana 4ta yarim final jangi bor. -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov Toshkent vaqti bilan soat 16:00da xitoylik Vu Jonglinga qarshi ringga chiqadi. Shuningdek, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov indoneziyalik Amoragam Sunan Agungga qarshi (16:45), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov yaponiyalik Daysuki Narimatsuga qarshi (17:00) va nihoyat -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov filippinlik Marsiyal Eymir Feliksga qarshi (17:45) jang qiladi.
Final janglari 1 sentabr kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026