Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya lirani barqarorlashtirish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, mamlakat «hujum»ni yengib o‘ta oladi va milliy valyutaning o‘zgaruvchanligi to‘xtaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya hukumati liraning o‘zgaruvchanligini yo‘qotishga qaratilgan zarur operatsiyalarni amalga oshirmoqda.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Turkiya terrorchilik tashkilotlarining jangarilari bilan aloqalar yo‘lida 81 millionlik aholiga ega davlat bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni qurbon qilganlarga «xayr deyotgani» haqida xabar bergandi.
Uning ishonch bildirishicha, mamlakat dushmanlarining Turkiyani «barcha sohalarda, moliyadan tortib siyosatgacha» bo‘ysundirish bo‘yicha rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Turkiya uzoq yillar davomida «AQShdan foydalanib kelgani» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026