Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasi 1 sentabr kuni Jakartadagi «Pakansari» stadionida Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini bilan yakuniga yetadi.
Bu bahsni o‘zbekistonlik hakam Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtimiz Ruslan Serazetdinov va qirg‘izistonlik Zamirbek Chanibekov yordam beradi.
Osiyo o‘yinlari. Final
1 sentabr, Jakarta. «Pakansari» stadioni.
Janubiy Koreya U23 - Yaponiya U23
Bosh hakam: Aziz Asimov (O‘zbekiston)
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov (O‘zbekiston), Zamirbek Chanibekov (Qirg‘iziston)
To‘rtinchi hakam: Muhammad Xolid (Saudiya Arabistoni)















