Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shubhali amerikaliklar fuqarolikdan mahrum qilina boshlandi
Foto: Getty Images
AQSh hukumati shubhali fuqarolarni pasportlaridan mahrum qila boshladi. Gap AQShda tug‘ilganini isbotlay olmayotgan amerikaliklar haqida ketmoqda, deb yozmoqda The Washington Post nashri.
Aksariyat hollarda Meksika bilan chegarada tug‘ilganlarning hujjatlari tekshirilib, olib qo‘yilmoqda. Ular tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani aldov yo‘li bilan olganlik va aslida AQSh fuqarolari emasliklarida gumon qilinmoqda.
Nashrning yozishicha, ba'zi vaziyatlarda gumonlanuvchilar noqonuniy muhojirlar saqlanuvchi turmalarga jo‘natilib, so‘ngra deportatsiya qilinmoqda. Boshqalar esa Meksikadan AQShga qayta olmayapti, ularning pasportlari chegarada olib qo‘yilmoqda.
Hujjatlaridan mahrum etilganlardan AQSh hududida yashash va ishlashlarining qonuniyligini tasdiqlash so‘ralmoqda. Ulardan bolalar bog‘chasi va maktabga borganlarining isboti, cho‘qintirilganlari haqida sertifikatlar, uy-joy ijarasi haqidagi eski shartnomalar talab qilinmoqda. Biroq so‘ralgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin ham gumonlanuvchilarga pasportlari qaytarilishiga kafolat yo‘qligi aytilmoqda.
AQSh immigratsiya qonunlariga ko‘ra, AQShga noqonuniy kirganlikda ayblanuvchilar dastlab federal marshallar qo‘liga tushadi, so‘ngra sudga jo‘natiladi.
Aprelda AQSh adliya vaziri Jyeff Seshns migratsiya qonunchiligini buzganlarga nisbatan “toqatsizlik” siyosati boshlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
23:12 / 11.05.2026