Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning aytişiça, maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiya işi böyiça suriştiruvlari «noqonuniydir». Bu haqda u Bloomberg’ga bergan intervyusida aytdi.
Özi Myullerga körsatma berişga tayyorligi haqidagi savolga, Tramp şunday javob qaytardi: «Köramiz».
«Men buni boşqaça körmoqdaman. Men buni noqonuniy suriştiruv, deb bilaman», - dedi AQŞ prezidenti.
Uning sözlariga köra, «buyuk aqllar» «heç qanday maxsus prokuror bölmasligi kerakligini» ta'kidlab ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞda «zöravonliklar» yuz berişi mumkinligini bildirgandi.












