Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga tabrik yölladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

“Sizni va butun Özbekiston xalqini Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bilan samimiy muborakbod etişga ijozat bergaysiz.

Özbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy taraqqiyot sohalarida yuksak e'tirofga sazovor ulkan yutuqlarni qölga kiritdi.

Siz, Janobi Oliylari rahbarligida amalga oşirilayotgan va salmoqli natijalar berayotgan islohotlar siyosati alohida tahsinga munosib.

Sizning rahbarligingizda Özbekiston Respublikasi öz taraqqiyotida yangi va yanada yuksak marralarga erişişiga işonçim komil.

Mamlakatlarimiz 1992 yilda diplomatik munosabatlar örnatganidan buyon işonç va döstlik tamoyillari asosida özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganidan xursandman. Siz, Prezident janoblari bilan mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş masalalarini muhokama qiliş uçun özaro maqbul muddatlarda Özbekiston Respublikasida taşrif bilan bölişga umid qilaman.

Prezident janoblari, Sizga mustahkam soğlik va ulkan muvaffaqiyatlar, Özbekiston Respublikasiga yanada ravnaq tilayman”, - deyiladi tabrikda.