Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«DXR» rahbari vazifasini bajaruvchisi Rossiya bo‘yicha siyosat o‘zgarmasligini ma'lum qildi
O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Dmitriy Trapeznikovning ma'lum qilishicha, Rossiya bilan integratsiya bo‘yicha siyosiy kurs o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bu kurs respublikaning turli davlatlardagi do‘stlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, ular Ukraina maxsus xizmatlarining teraktiga javoban murojaat bilan chiqishdi», - deyiladi «DXR» rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi matbuot xizmati xabarida.
31 avgust kuni Donetsk markazidagi restoranda yuz bergan portlash oqibatida «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenko halok bo‘ldi. Daromadlar va xarajatlar vaziri Aleksandr Timofeyev jiddiy jarohat oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov «DXR»ga «yordam va qo‘llab-quvvatlovni» va'da qilgan.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026