Osiyoning eng qimmatbaho kompaniyasi, onlayn-öyinlar işlab çiqaruvçi Tencent Holdings aksiyalari 31 avgustda Hongkong birjasida 4,87 foizga arzonlaşib, bir dona aksiyasi narxi 340 Hongkong dollarigaça tuşib ketdi. Oqibatda kompaniyaning kapitallaşuvi qiymati 3,4 trln Hongkong dollarigaça (433 mlrd dollar) tuşib ketgan. Kompaniya bir kun içida 20 mlrd dollarga arzonlaşib, Osiyoning eng qimmatbaho kompaniyasi maqomini Alibaba’ga (kapitallaşuvi 462 mlrd dollar) boy bergan.

Tencent aksiyalarining keskin arzonlaşişi Xitoy hukumati mamlakatda uzoqni yaxşi köra olmaslikning avj olişiga qarşi kuraşni kuçaytirişga qaror qilgandan keyin yuz bergan.

30 avgustda Xitoy ta'lim vazirligi uşbu sohani tartibga soluvçi idoradan yangi onlayn-öyinlar çiqarilişini, bolalar ularni öynaşi mumkin bölgan vaqtni çeklaşni talab qilgan. 

Buning natijasida Tencent rahbari Ma Xuaten (Poni Ma kabi ham ma'lum) bir kun içida 316 mln dollar yöqotgan va uning boyligi 36,3 mlrd dollargaça kamaygan. 

Tencent bilan bir qatorda Xitoyning onlayn-köngiloçiş bozorining qolgan yetakçilarining aksiyalari ham arzonlaşib ketgan.