Rossiya, Fransiya va Shveytsariya olimlari O‘zbekistonning Cho‘lbayir tog‘li hududidagi Boybuloq g‘ori atrofida dinozavrlarning izlarini aniqlashdi. Bu haqda ekspeditsiya rahbari, Yekaterinburg speleologlar klubi raisi Vadim Loginov ma'lum qildi.

Foto: Yuliya Ustinova

"O‘zbekiston janubiga, Cho‘lbayir platosiga amalga oshirilgan xalqaro ekspeditsiya yakunlandi, unda Rossiya, Fransiya va Shveytsariyadan 25 nafar speleolog qatnashdi. Bizga Boybuloq va Aleksandr Vishnevskiy g‘orlarining bir-biri bilan bog‘langanligini o‘rganish taklif qilingandi. Biz Boybuloq g‘ori ustida dinozavrlar izlariga duch keldik. Hududda bunday izlarni bir necha yil izlagandik va ularni tasodifan topdik", - dedi u.

Foto: Yuliya Ustinova

Loginovning aytishicha, ekspeditsiya natijasida 2 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar ochilgan va g‘orlarning birlashishi bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalish aniqlangan.

Foto: Yuliya Ustinova

Ekspeditsiya Yekaterinburg shahri speleologlar klubi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, Ural speleologlar assotsiatsiyasi, Rossiya va Fransiya speleologlar ittifoqlari qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

Foto: Yuliya Ustinova