AQŞ 1960-yillarda Sobiq ittifoq va Xitoyni yetakçi sanoat davlatlari sifatida yöq qiliş rejasini tayyorlagan. Bunda amerikalik harbiylar uşbu davlatlar fuqarolarini ommaviy qiriş imkoniyatini körib çiqqanlar. Bu haqda “Milliy xavfsizlik arxivi” notijorat taşkiloti saytida e'lon qilingan şarhda aytilgan.

Tadqiqotçilar 1964 yildagi Yagona integratsiyalaşgan tezkor reja (SIOP) hujjatlariga e'tibor qaratişgan. Ularda Sobiq ittifoqni “yirik sanoat davlatlari toifasidan çiqariş” uçun sanoat salohiyatining 70 foizini yöq qiliş maqsadida yadroviy, harbiy va sanoat obektlariga yadroviy zarba beriş zarurligi aytilgan. Şu tariqa "yaşovçan jamiyat" sifatida ittifoqni yöq qiliş közlangan.

Bunda AQŞ aholining ommaviy qirğini imkoniyatiga yöl qöygan. 1961 yildagi hisob-kitoblarga köra, SIOP rejasiga köra zarba berilişi ittifoq şaharlarining 71 foiz aholisining, 1962 yildagi hisob-kitoblarga köra esa 70 mlnlik aholisining yöq qilinişini közda tutgan.

Şu bilan birga AQŞ ştablari boşliqlari qömitasi Sobiq ittifoq ustidan ğalabaning boş mezoni sifatida aholini yöq qiliş ğoyasini körib çiqqan.  

SIOP AQŞ qurolli kuçlari tomonidan yadro qurolini jangovar qöllaş böyiça batafsil tartib-qoidalarni taşkil etuvçi tezkor hujjatlar maxfiy majmuasi hisoblanadi.

2015 yil dekabrda AQŞning arxivlar va hujjatlar boş boşqarmasi AQŞning 1959 yildagi atom bombardimonlarining ehtimoliy nişonlari röyxatini oşkor qilgan. Bu röyxat öz içiga Sobiq Ittifoq, Şarqiy Yevropa va Xitoydagi yuzlab joylarni öz içiga olgan. Ular orasida Moskvadagi 179 ta, Sankt-Peterburgdagi 145 ta va Şarqiy Berlindagi 91 ta nişon bölgan.