Myanma sohillari yaqinida bortida heç kim bölmagan “arvoh-kema” sayozlikka botib qoldi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Sam Ratulangi PB 1600 deb nomlangan va uzunligi 177 metrni taşkil qiluvçi yuk taşuvçi kema sohildan bir neça kilometr uzoqlikda sayozlikka botib qolgan. Kemani aniqlagan mahalliy baliqçilar uning bortiga kötarilib, na ekipaj a'zolarini, na yukni aniqlay olişgan.

“Bunday katta kema bizning suvlarda qanday paydo bölib qolgani tuşunarsiz. Hukumat kemani öz nazoratiga oladi”, deb aytgan parlament vakili Ne Uin Yangon.

Ta'kidlanişiça, kemani oxirgi marta 2009 yilda Tayvan sohillari yaqinida körişgan, u Indoneziya bayroği ostida suzgan. Mahalliy hukumat vakillarining fikriça, kema ekipaji uni yaqinda tark etgan. Kema egalari şaxsi örnatilmoqda.