Spirtli içimliklar iste'moli natijasida ölim holatlari eng köp qayd etilayotgan mamlakatlar reytingi tuzildi. Lancet tibbiy naşri mutaxassislari şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Tadqiqot natijalari ekspertlarning özlarini ham hayron qoldirdi. Şunday qilib, rasmiy statistika ma'lumotlariga köra, Xitoyda bir yil içida alkogoldan halok bölganlar soni taxminan 0,7 millionni taşkil qilgan, ulardan 59 ming nafari ayollar bölgan.
Içkilik natijasida ölim holatlari eng köp qayd etilayotgan mamlakatlar reytingida ikkinçi örinni Hindiston egallaydi. Uşbu mamlakatda bir yilda alkogoldan iste'moli natijasida 330 ming kişi halok bölgan, ulardan 42 ming nafari - ayollar.
Spirtli içimliklarni köp iste'mol qiliş natijasida yuzaga keluvçi ölim holatlari böyiça uçinçi örinda Rossiya Federatsiyasi qayd etilgan. Bu mamlakatda bir yilda alkogol iste'molidan halok bölganlar soni 220 ming nafardan iborat bölgan, şundan 43 ming nafari -ayollar.
Qoidaga köra, yuqoridagi ölim holatlari miyaga qon quyilişi, işemik insult, gipertonik inqiroz va epilepsiya natijasida yuzaga kelgan.

















