Uzoq fazo olamini örganişga tayyorlanayotgan zamonaviy insoniyat ulkan kaşfiyotlar qilmoqda. Biroq hali ham öz Yerini oxirigaça tadqiq eta olmadi. Ma'lum bölişiça, sayyoramiz xaritasida «oq doğlar» sifatida qolgan joylar hali ham mavjud.

Grenlandiya oroli

Şimoliy orolning uzoqligi va keskin iqlimi uning hududini batamom örganiş imkonini bermaydi. Qiyinçiliklar doimiy sovuq va Grenlandiya yuzasini 80 foizini qoplagan muz «qalqoni» mavjudligi bilan boğliq.

Kolumbiya toğlari

Kamdan kam ekspeditsiya şimoliy Kolumbiya toğlarini örganişga qaror qiladi. Bunday qörqmas qadamga faqat eng fidokor olimlar jasorat körsatişi mumkin. U yerda narkotik moddalari bilan savdo qiluvçilar bor: ğorlar bilan «kesilgan» toğlarda huquqni himoya qiliş vakillari kuzatuvidan uzoqlaşiş mumkin. Toğ tizmasi böylab sayohatdan qaytib kelganlardan kamçiligi u yerda hayvonot va ösimlik dunyosining betakror vakillari mavjudligi haqida gapirib beradilar.

Amazoniya örmonlari

Kartograflar Amazonka hududi atrofining aniq çizmasini çizişdan mamnun bölardilar. Biroq ularning yölida – sayyoradagi ötib bölmas, eng ziç örmonlardan biri joylaşgan. Bu yerda taşqi sivilizatsiyadan xabari bölmagan yovvoyi qabilalar ham yaşaydi.

Papua – Yangi Gvineya

Yangi Gvineya orolining bu qismini töliq örganiş yovvoyi va ba'zida qonxör papuaslarning mavjudligi sabab imkonsiz. Ular kannibalizmni qöllaşga ham qarşi emaslar. Bunday istiqbolga qanday olim «xursand» bölardi?