Sanktsiyalar demokratiyadan ança olisda yaşab kelayotgan davlatlarga nisbatan qöllanadi. Biroq, taqdir taqozosi bilan aynan şunday davlatlarga nisbatan sanksiyalar ta'sirçan vosita bölmay, kutilgan natijaga erişib bölmaydi.

Şu yilning 8 avgust kuni Donald Tramp ma'muriyati Skripallar işiga aralaşganlikda ayblanayotgan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi. Şuningdek, birdan kuraşning keyingi raundi haqida ma'lumot berildi: bu gal kimyoviy qurollardan foydalanmaslik kafolatiga boğliq. Avvalroq, AQŞ Turkiyaga nisbatan sanksiyalar e'lon qildi, taqiqlar «guldastasi»dan Eron ham bebahra qolmadi. Bularning barçasi siyosatda bir holat barqaror ekanligidan darak beradi, ya'ni, Ikkinçi jahon uruşidan söng, xalqaro munosabat iştirokçilari taşqi siyosatda sanksiyalardan maqsadga erişiş vositasi va bosim kuçi sifatida foydalanmoqda.
Uilyam Kempfer va uning hamkasblari olib borgan tadqiqotlar natijasiga köra, sanksiya paketlarining 3/4 qismi avtoritar boşqaruv rejimida bölgan davlatlarga qaratilgan. Asosiy paradoks şundan iboratki, aynan ularga nisbatan sanksiyalar kam ta'sir kuçiga ega. Demokratik şaroitlarda iqtisodiy-ijtimoiy taşqi bosimlar mamlakat içki siyosatiga qattiq zarba beradi. Vaziyat yomonlaşib borsa, fuqarolar hukumatdan norozi bölişni boşlaydi, buni xalq saylov yöli orqali ham namoyon etadi. Ammo, avtoritar davlatlar bilan ayni jarayon biroz sekinlaşadi.
Sanktsiyalar diktatorlarga qanday tahdid paydo qiladi?
Sanktsiyalar - bu, bor-yöği, mamlakat içki siyosatiga ta'sir ötkazişga harakat qilişning bir usuli. Yadroviy dastur, harbiy harakatlar yo notinç vaziyatni keltirib çiqariş böladimi, bir qator sanksiyalar orqali davlat rahbarlarini «tarbiya»ga çaqiriş mumkin. Sanktsiyadan közlangan asosiy maqsad - mavjud siyosiy rejim barqarorligini ta'minlaş imkoniyatiga ega, ammo yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan manfaatdor bölmagan kuçlarni uyğotiş va rahbariyatga bosim ötkazişga undaşdan iborat. Demokratiyada bu saylovçilar bölsa, avtoritar rejimda ular turli «yuz»larda qiyofalanadi: koalitsiya, boşqaruvçi guruhlar, oligarxlar va diktator tayangan kuçlar.













