Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 3 sentabr kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari bugun Cho‘lpon ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 3 sentabrda Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan borishi xabar berilgandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a'zo davlatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston ushbu kengashga joriy yilning 30 aprelida rasman kirgan.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026