Sherzod Shermatov barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga 5 sentabr kuni bo‘yicha murojaat bilan chiqqan

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov yoshlarning o‘qishga motivatsiyasini oshirishda yangi, o‘ziga xos uslubdan foydalanmoqda. Bu haqda vazir Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tomonidan xalq ta'limi tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha boshlangan tashabbusni qo‘llash maqsadida barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga 5 sentabr kuni o‘zlari o‘qigan maktabga borib, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etishlarini so‘rab murojaat qilgan.
Unga ko‘ra, maktabdagi tadbirda har bir rahbar o‘zining hayotidan misollar keltirib, ular erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi ta'lim va tarbiyaning roli katta bo‘lgani, qolaversa, o‘quvchilarga maktab davrida yaxshi o‘qib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi haqida qisqacha ma'ruza qilib berish taklifi berilgandi.
“Quvonarlisi, ko‘pchilik vazirlik va idoralar rahbarlari hamda joylardagi hokimlar tomonidan ushbu taklif ijobiy qabul qilinib, 5 sentabr kuni maktablardagi tadbirlarda qatnashishga tayyor ekanliklari bildirildi.
Shuningdek, maktab bitiruvchilari orasida hayotda ko‘pchilik havas qiladigan boshqa soha vakillari ham ko‘p. Ular orasida bugungi kunda taniqli tadbirkorlar va xalq xizmatida yurgan insonlarning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyos.
Fursatdan foydalanib, ularni ham 5 sentabr kuni o‘z maktablariga kelib, yoshlarni o‘z hayotiy tajribalari asosida motivatsiya qilishga hissa qo‘shishga taklif etamiz. Bu o‘quvchilarda o‘zi o‘qiyotgan maktabdan faxrlanish tuyg‘usi hamda yanada yaxshiroq o‘qishga intilish shakllanishiga o‘ziga xos turtki bo‘ladi.
Maktablarda muammolar va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p, lekin eng asosiysi, bolalarimizni o‘qishga chin dildan qiziqtira olsak, eng katta natijaga erishgan bo‘lamiz. Shunda ular qiyinchiliklarga qaramay o‘zlari o‘qishga intiladigan bo‘ladilar.
Prezidentimiz tomonidan boshlangan xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shganingiz hamda ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
PS. Hurmatli sobiq maktab bitiruvchilari, Siz kabi yana boshqa muvaffaqiyatli sinfdoshlaringizni ham mazkur taklifga jalb etish uchun ushbu postni do‘stlaringizga ulashing hamda ularni teg qiling”, - deb yozadi Sherzod Shermatov.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17
-
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi
Fan-texnika | 20:05
-
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi
Jamiyat | 19:45
-
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025