Telegram messenjerining ko‘pchilikka ma'lum bo‘lmagan funksiyalari bilan tanishing. 

1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash

“Tanlangan” bo‘limi o‘z-o‘zingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. Uning yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay.

Foto: Layfxak

Bu bo‘lim Telegram’dan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi rolini bajarishi mumkin.

2. Xabarlarni sezdirmay o‘qish

Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar ko‘ringani haqidagi belgi paydo bo‘ladi. Telegram’ning mobil ko‘rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin.

Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram’ni yoping. Keyin esa uchish rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar barini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni ko‘rmaydi.

3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish

Messenjerning mobil ko‘rinishida YouTube-videoni chatning o‘zida tomosha qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning o‘zi kifoya. Hamma  ham videoni “rasmda rasm” rejimi, ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi

Foto: Layfxak

Buning uchun rolikni Telegram’da ishga tushiring va uning tepasidagi to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklidagi belgiga bosing. Paydo bo‘lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq o‘lchami o‘zgarmaydi.

Bu rejim bir vaqtning video ko‘rib, do‘stlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo‘lgan vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq ko‘rinmaydi.