Antarktidada tushunarsiz hodisa kuzatildi

Foto: globallookpress.com
Olimlar o‘tgan yili Antarktida yarim orolining sohillarida Larsen muzligidan ajralib chiqqan A-68 ulkan aysbergining o‘zgaruvchan harakatini qayd etishdi. Hajmi Yamayka orolini yarmiga teng muz bo‘lagi iyul-avgustda soat miliga qarshi 90 darajaga o‘girilib qoldi, deb xabar bermoqda Gizmodo nashri.
Tadqiqotchilar bunday nisbatan tez aylanishga nima sabab bo‘lganini hozircha tushuntirib bera olmayaptilar.
2017 yil iyul oyida tashkil topgan A-68 maydoni 5,8 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, og‘irligi esa - taxminan bir trillion tonna. U Larsen S muzligidan ajralib chiqqach, aysberg dengiz tubiga tegib ketgan va kam harakatda bo‘lgan. Biroq, joriy yilning iyul oyida (Janubiy yarim sharda bu vaqtda qish bo‘ladi) sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlari muz massasining harakati kuchayganini qayd etdi. So‘nggi ikki hafta davomida aysberg 10 darajaga burildi, bundan ikki hafta oldin esa - 30 darajaga.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘zgarish sababini bu yerdagi dengiz qa'ri relefi haqida ma'lumotlar yo‘qligi tufayli aniqlash mushkul. Tadqiqotlarni amalga oshirish mushkul, chunki mintaqada okean yuzasi kemalar o‘tishiga xalaqit beruvchi muz bilan qoplanadi. Olimlarning fikricha, A-68 asta-sekin erishi tufayli yoki aysberg kuchli dengiz oqimiga tushib qolgani sababli suv tubi bilan aloqani yo‘qotgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yamanga zarbalar seriyasini amalga oshirgan Isroil, Moskva aeroportlaridagi kollaps va Bokuga qo‘nishga majbur bo‘lgan Serbiya prezidenti - kun dayjesti
Jahon | 14:01
-
“GES qurish maqsadida kanalga ortiqcha suv tashlangan” – Buloqboshidagi texnogen hodisa sababi aytildi
O‘zbekiston | 13:34
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
Mavzuga oid

20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi

23:00 / 25.01.2025