Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xöjalik yurituvçi sub'yektlarda realizatsiya qilingan tovarlar (işlar, xizmatlar) tuşumi va xodimlar sonining xronometrajini ötkaziş tartibi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan xöjalik yurituvçi sub'yektlarda realizatsiya qilingan tovarlar (işlar, xizmatlar) tuşumi va xodimlar sonining xronometrajini ötkaziş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlanişi mumkin.
Nizomga köra, xronometraj soliq tölovçining mansabdor şaxslari yoki ularning vakillari iştirokida, davlat byudjyeti daromadlarini oşiriş zahiralarini aniqlaş yönalişida ma'lum bir davr uçun davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan hisobotlarda sotilgan mahsulot, bajarilgan iş, körsatilgan xizmatlar realizatsiyasidan tuşgan tuşumlarni va xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini tasdiqlaş maqsadida ötkaziladi.
Xronometraj bevosita xöjalik yurituvçi sub'yektga mulk huquqi, egalik qiliş huquqi, foydalaniş huquqi yoki ijara huquqi asosida tegişli bölgan, şuningdek pudrat va (yoki) boşqa huquqiy tusdagi şartnomalarga asosan tovarlar işlab çiqariladigan va realizatsiya qilinadigan, işlar, xizmatlar bajariladigan obektlarda realizatsiyadan tuşadigan tuşumlarning haqiqiy hajmi, şuningdek mavjud xodimlarning sonini birma-bir sanab çiqiş orqali aniqlanadi.
Xronometrajni amalga oşiriş jarayonida tekşiriş ötkazişga, xöjalik yurituvçi sub'yektga nisbatan xronometraj ötkaziş bilan boğliq bölmagan holatlar böyiça talablarni qöyişga yoki uning moliyaviy-xöjalik faoliyatiga boşqaça tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi, bundan xronometraj ötkazilayotgan vaqtda nazorat-kassa maşinasi va tölov terminallaridan foydalanişga oid ma'lumotlarni hamda xronometraj ötkazilayotgan obektlarda mehnat şartnomasi tuzgan va (yoki) tuzmagan holda faoliyat yuritayotgan jismoniy şaxslar töğrisidagi ma'lumotlarni oliş mustasno.
Xronometraj natijalaridan taqdim etilayotgan soliq hisobotining haqqoniyligini tahlil qilib boriş, soliq va boşqa majburiy tölovlarni qayta hisoblaş, şuningdek soliq soliş bilan boğliq obektlar töğrisidagi ma'lumotlar bazasini yuritiş va qöşimça soliq solinadigan manbalarni aniqlaşda foydalaniladi.
Xronometrajdan keyingi kunlardagi örtaça tuşumlar asosli sabablarga köra kamayib yoki köpayib ketgan holatlarda xöjalik yurituvçi sub'yekt örtaça kunlik yoki oylik tuşumlarni aniqlaş uçun qayta xronometraj ötkaziş töğrisida davlat soliq xizmati organiga murojaat qilişi mumkin.

















